W.Code
Maxfiylik siyosati
Bu sahifada W.Code siz haqingizda qanday maʼlumotlarni saqlashi, nima uchun, qayerda va qancha muddat saqlashi yozilgan. Biz faqat sayt ishlashi uchun kerakli narsalarni saqlaymiz.
Nimalarni yigʻmaymiz
- Parol va email yoʻq: kirish faqat telefon raqami va Telegram orqali kelgan kod bilan.
- Reklama yoki kuzatuv cookieʼlari yoʻq.
- Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun hech kimga bermaymiz.
- Darslarni akkauntsiz oʻqisangiz, sizga bogʻlanadigan hech narsa saqlanmaydi: faqat anonim sayt statistikasi, server loglari va Cloudflare (pastda).
Qanday maʼlumotlarni saqlaymiz
Telefon raqami
- Nima
- Kirish uchun kiritgan raqamingiz, xalqaro formatda (+998…).
- Nima uchun
- Sizni tanish va akkauntingizga kiritish. Yordam soʻrasangiz yoki akkauntingizda muammo boʻlsa, W.Code jamoasi raqamingiz orqali akkauntingizni topadi.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya). Uni faqat W.Code jamoasi koʻradi.
- Qancha saqlanadi
- Akkauntni oʻchirguningizcha.
Telegram akkaunti
- Nima
- W.Code botini (kirish kodlari boti) ochganingizda: Telegram ID, username, ism va til; “Raqamni ulashish” tugmasini bossangiz, shu raqam; bot orqali kirgan akkauntingiz; botni bloklagan boʻlsangiz, qachon.
- Nima uchun
- Kodni faqat raqam egasining Telegram akkauntiga yuborish. Keyinchalik W.Code yangiliklari haqida bot orqali xabar yuborish; botni bloklab, bundan istalgan vaqtda voz kechishingiz mumkin.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- Akkauntni oʻchirguningizcha. Akkaunt ochmagan boʻlsangiz, oʻchirishni soʻraguningizcha.
Taklif kodi
- Nima
- Yopiq beta davrida akkaunt qaysi taklif kodi bilan ochilgani.
- Nima uchun
- Betaga kim qaysi taklif orqali kelganini bilish va kodlardan foydalanish limitini hisoblash.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- Akkauntni oʻchirguningizcha.
Ism
- Nima
- Koʻrsatiladigan ism, agar kiritsangiz. Ixtiyoriy.
- Nima uchun
- Saytda va profilingizda koʻrsatish. Bosh sahifadagi reytingda (eng faol 5 oʻquvchi) ismning birinchi soʻzi va keyingi soʻzning bosh harfi, masalan “Bexruz S.”, va ballingiz koʻrinadi; buni profilda oʻchirib qoʻyishingiz mumkin. Telefon raqami reytingda hech qachon koʻrinmaydi.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- Akkauntni oʻchirguningizcha.
Kirish kodlari
- Nima
- Har bir kod soʻrovi: vaqti, kodning xeshi, yetkazish narxi, raqam va IP manzilning xeshlari.
- Nima uchun
- Kodni tekshirish, suiisteʼmolga qarshi limitlar (masalan, bitta raqamga daqiqada 1 ta kod) va kod yuborish xarajatini nazorat qilish.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- Kod 5 daqiqa amal qiladi. Raqam va IP xeshlari 1 kundan keyin oʻchiriladi, qolgan qismi (vaqt va narx) 40 kundan keyin.
Sessiya cookieʼsi
- Nima
- wcode_session cookieʼsi: brauzeringizdagi tasodifiy token. Serverda uning faqat xeshi va amal qilish muddati saqlanadi.
- Nima uchun
- Har sahifada qaytadan kirmasligingiz uchun.
- Qayerda
- Brauzeringiz va maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- 30 kun yoki chiqqaningizgacha. Tugagan sessiyalar har kuni oʻchiriladi.
Oʻqish progressi
- Nima
- Oʻqilgan darslar, yakuniy testlar natijasi va bajarilgan lablar.
- Nima uchun
- Progressingizni koʻrsatish.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- Akkauntni oʻchirguningizcha.
Lablardan foydalanish
- Nima
- Qaysi lab qachon boshlangani va tugagani.
- Nima uchun
- Bepul tarif limiti (kuniga 2 ta lab, har biri 30 daqiqa) va lab natijasini tekshirish.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- 30 kun. Konteyneri ishga tushmagan lablar — 1 kun.
Lab terminali
- Nima
- Lab terminalida yozgan buyruqlaringiz va yaratgan fayllaringiz.
- Nima uchun
- Mashq qilish va vazifalarni tekshirish.
- Qayerda
- Faqat lab konteynerining ichida, serverimiz (Contabo, Fransiya). Hech qayerga yozib olinmaydi.
- Qancha saqlanadi
- Sessiya tugashi bilan konteyner bilan birga oʻchadi (koʻpi bilan 30 daqiqa).
Soʻrovlar hisoblagichi
- Nima
- Akkauntingizdan bir daqiqada yoki 10 daqiqada nechta soʻrov kelgani.
- Nima uchun
- Suiisteʼmol va ortiqcha yuklamaga qarshi limitlar.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- 1 kun.
Sayt statistikasi
- Nima
- Ochilgan sahifa, qaysi saytdan kelganingiz, mamlakat va shahar, brauzer, operatsion tizim, qurilma turi, ekran oʻlchami va til. Darslarda: qaysi boʻlimgacha oʻqilgani, dars oxirigacha oʻqilgani, test savollariga toʻgʻri yoki notoʻgʻri javob berilgani va natija. Lablarda: lab boshlangani, nechta vazifa bajarilgani. Ism, telefon raqami, akkaunt yoki yozgan matningiz yuborilmaydi. IP manzil saqlanmaydi: bir tashrifni ajratish uchun IP va brauzerdan har oy almashadigan xesh hisoblanadi. Cookie qoʻyilmaydi.
- Nima uchun
- Darslarni yaxshilash: qayerda oʻqish toʻxtashini, qaysi savol qiyinligini va lablar qanday oʻtishini koʻrish.
- Qayerda
- Umami (oʻzimiz oʻrnatgan statistika dasturi), serverimiz (Contabo, Fransiya). Boshqa hech kimga yuborilmaydi.
- Qancha saqlanadi
- 12 oy, keyin har kuni avtomatik oʻchiriladi. Brauzeringizda “Do Not Track” yoqilgan boʻlsa yoki quyida oʻchirsangiz, hech narsa yuborilmaydi.
Admin harakatlari jurnali
- Nima
- W.Code jamoasi akkauntingiz bilan nima qilgani: masalan bloklash, lab limitini oʻzgartirish yoki akkauntni oʻchirish, vaqti va akkaunt identifikatori. Telefon raqami yozilmaydi.
- Nima uchun
- Jamoa harakatlarini nazorat qilish va xatolarni tekshirish.
- Qayerda
- Maʼlumotlar bazamiz, serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- 1 yil, keyin har kuni avtomatik oʻchiriladi.
Server loglari
- Nima
- IP manzil, vaqt, ochilgan sahifa va brauzer turi (User-Agent).
- Nima uchun
- Xavfsizlik, hujumlarni toʻxtatish va nosozliklarni topish.
- Qayerda
- Serverimiz (Contabo, Fransiya).
- Qancha saqlanadi
- 30 kun.
Zaxira nusxalar
- Nima
- Maʼlumotlar bazasining shifrlangan nusxalari.
- Nima uchun
- Nosozlik boʻlsa, maʼlumotlaringizni yoʻqotmaslik.
- Qayerda
- Cloudflare R2. Shifrni ochish kaliti serverda saqlanmaydi.
- Qancha saqlanadi
- 7 kungacha, keyin avtomatik oʻchiriladi. Oʻchirilgan akkauntning maʼlumotlari zaxiralarda shu muddatgacha qolishi mumkin.
Maʼlumotlar qayerda saqlanadi
Maʼlumotlaringiz Oʻzbekistondan tashqarida saqlanadi: maʼlumotlar bazasi, sayt statistikasi, server loglari va lablar — serverimizda (Contabo, Fransiya), shifrlangan zaxira nusxalar — Cloudflare R2ʼda. Quyidagi xizmatlar ham Oʻzbekistondan tashqarida ishlaydi.
Boshqa xizmatlar
- Telegram: kirish kodi W.Code boti orqali Telegramʼda yuboriladi, shuning uchun kod va bot bilan yozishmangiz Telegram serverlaridan oʻtadi. Telegram maxfiylik siyosati.
- Cloudflare: sayt Cloudflare orqali ochiladi, shuning uchun IP manzilingiz va soʻrovlaringiz uning tarmogʻidan oʻtadi (himoya va tezlik uchun). Kirish sahifasidagi “Men robot emasman” tekshiruvi (Turnstile) IP manzil va brauzer maʼlumotlarini tekshiradi. Shifrlangan zaxira nusxalar Cloudflare R2ʼda saqlanadi. Cloudflare xavfsizlik uchun oʻzining texnik cookieʼlarini qoʻyishi mumkin. Cloudflare maxfiylik siyosati.
- GitHub: dastur kodi va server imageʼlari saqlanadi. Sizning maʼlumotlaringiz u yerga yuborilmaydi.
Cookieʼlar
Bizning yagona cookieʼmiz — wcode_session: kirganingizdan keyin qoʻyiladi va faqat kirgan holatda qolishingiz uchun kerak. Akkauntsiz oʻqiyotgan boʻlsangiz, u qoʻyilmaydi. Sayt statistikasi cookie ishlatmaydi.
Statistikani oʻchirish
Sayt statistikasini shu brauzerda oʻchirib qoʻyishingiz mumkin. Tanlov faqat brauzeringizda saqlanadi, bizga yuborilmaydi.
Bu brauzerda tanlovni saqlab boʻlmaydi (masalan, maxfiy oyna).
Maʼlumotlaringizni boshqarish
- Akkauntni oʻchirish. Profil sahifasida “Akkauntni oʻchirish” tugmasi bor. Xavfsizlik uchun raqamingizni qayta tasdiqlaysiz, shundan keyin akkaunt va unga bogʻliq hamma narsa darhol oʻchiriladi: sessiyalar, progress, lablar tarixi va hisoblagichlar. Ochiq lab toʻxtatiladi.
- Oʻchirishdan keyin ham ikkita narsa qisqa muddat qoladi: oxirgi 24 soatdagi kod soʻrovlari raqam xeshi bilan 1 kungacha (kod limitlarini chetlab oʻtib boʻlmasligi uchun) va zaxira nusxalar 7 kungacha. Ular muddati tugagach avtomatik oʻchiriladi.
- Reytingdan chiqish. Profil sahifasida “Meni reytingda koʻrsatish” belgisini olib tashlang: bosh sahifadagi reytingdan bir daqiqa ichida chiqasiz.
- Boshqa savol yoki soʻrov boʻlsa, Telegram orqali yozing: @Winchestor_Dev.
Oʻzgarishlar
Siyosat oʻzgarsa, bu sahifadagi versiya va sana yangilanadi. Keyingi kirishingizda yangi versiyaga yana rozilik soʻraladi.